Videongizni boshqa tilda gapirtiring

Faylni yuklaysiz, tilni tanlaysiz — dublyaj tayyor. Gapiruvchining ovoz tembri va nutq vaqtlanishi saqlanadi, shuning uchun natija qayta yozilgan emas, tarjima qilingandek eshitiladi.

Qanday ishlaydi

  1. 01

    Faylni yuklang

    Video (mp4, mov) yoki audio (mp3, wav) — 200 MB gacha.

  2. 02

    Tilni tanlang

    Qaysi tilga o'girilishini belgilaysiz. Manba tili avtomat aniqlanadi.

  3. 03

    Natijani oling

    Bir necha daqiqada tayyor bo'ladi, kabinetdan yuklab olasiz.

Nimasi muhim

Ovoz o'zgarmaydi

Dublyaj gapiruvchining o'z ovoz tembrini saqlaydi — boshqa odam o'qib bergandek bo'lmaydi.

Vaqtlanish joyida

Gaplar asl videodagi vaqtga moslanadi, labga yaqin tushadi.

O'zbekcha manba

O'zbek tilidagi yozuvni ruscha, inglizcha va boshqa tillarga o'girish mumkin.

Bir nechta gapiruvchi

Suhbat yoki intervyuda har bir gapiruvchi alohida ajratiladi.

Video ham, audio ham

Podkast, kurs, reklama roliki yoki intervyu — hammasi bo'ladi.

Narx oldindan ko'rinadi

Har boshlangan daqiqa uchun belgilangan kredit yechiladi, kutilmagan hisob bo'lmaydi.

Qayerda ishlatiladi

Onlayn kurslar

Bitta darsni bir necha tilda chiqarish.

YouTube va ijtimoiy tarmoq

Kontentni yangi auditoriyaga yetkazish.

Reklama

Bitta rolikdan bir necha tilli versiya.

Korporativ video

Tanishtiruv va o'quv materiallarini xodimlar tilida berish.

Savollar

Qancha vaqt oladi?

Qisqa fayl bir necha daqiqada tayyor bo'ladi. Uzun video ko'proq vaqt oladi — jarayon fonda ketadi, kutib o'tirish shart emas.

Qaysi tillarga o'giradi?

Rus, ingliz, turk, arab, nemis va boshqa keng tarqalgan tillar.

Qo'shiqni dublyaj qilsa bo'ladimi?

Dublyaj nutq uchun mo'ljallangan. Musiqa va qo'shiqda natija kutilganidek chiqmaydi.

Xato bo'lsa kredit qaytadimi?

Ha. Ish bajarilmasa, yechilgan kredit avtomat qaytariladi.

Bugun sinab ko'ring

Ro'yxatdan o'tganda 300 belgi beriladi — bitta sinov audiosi uchun yetarli.

Boshlash