Matnni o'zbekcha tabiiy ovozga aylantiring
Matnni yozasiz, ovozni tanlaysiz — tayyor audio olasiz. Raqam, sana, pul summasi va qisqartmalar sintezdan oldin so'z bilan yoziladi, shuning uchun 1 250 000 so'm raqam sifatida emas, odam o'qigandek eshitiladi.
Qanday ishlaydi
- 01
Matnni yozing
Studiyaga matn kiritasiz yoki tayyor matnni nusxalaysiz.
- 02
Ovozni tanlang
Kutubxonadan til, jins va uslub bo'yicha ovoz tanlaysiz.
- 03
Audioni oling
MP3 yoki WAV formatida yuklab olasiz, yoki API orqali chaqirasiz.
Nimasi bilan farq qiladi
O'zbek tili birinchi o'rinda
Ko'p tizimlar raqam va sanani ingliz tili qoidasi bilan o'qiydi. Bizda matn avval normalizatsiya qatlamidan o'tadi: 12.05.2025 — «o'n ikkinchi may», 1 250 000 so'm — «bir million ikki yuz ellik ming so'm».
Lotin va kiril
Ikkala yozuv ham qabul qilinadi, alohida tayyorlash shart emas.
Uch til
O'zbek, rus va ingliz. Rus va ingliz matnlarida ham raqam va sanalar to'g'ri o'qiladi.
Tezlik va uslub
Har bir ovoz uchun tezlikni sozlaysiz: reklama uchun jonli, ma'ruza uchun vazmin.
Dasturchilar uchun API
Studiya ishlatadigan endpointlarning o'zi ochiq. Kalit olib, bir necha qator kod bilan ulanasiz.
Tarix saqlanadi
Yaratilgan audiolar kabinetda qoladi — qayta yuklab olish yoki taqqoslash mumkin.
Qayerda ishlatiladi
Call center va IVR
Avtomat javob matnlari, kutish xabarlari, ma'lumot menyusi.
Reklama va e'lon
Do'kon, bozor va radio uchun e'lonlar — studiyasiz, bir necha daqiqada.
O'quv kontenti
Darslik matnlari va kurslar uchun ovozli versiya.
Ilova va sayt
Matnni ovozli o'qish funksiyasi — API orqali.
Savollar
Bepul sinab ko'rsa bo'ladimi?
Ha. Ro'yxatdan o'tganda 300 belgi beriladi — bitta sinov audiosi uchun yetarli. Bosh sahifadagi demo esa ro'yxatdan o'tmasdan ishlaydi.
Narxi qanday hisoblanadi?
1 belgi = 1 kredit. Tariflar sahifasida oylik obuna, litsenziya va OEM variantlari bor.
Audioni tijorat maqsadida ishlatsam bo'ladimi?
Ha, tarif doirasida yaratilgan audio sizniki.
Qaysi formatlar bor?
MP3, WAV, OGG va FLAC.